Zamonaviy Jurnalistikani
Rivojlantirish Markazi
"Xavfsiz migrastiya. Yoritamiz, o'rgatamiz, ilgari suramiz"
Mediamaktabiga tanlov e'lon qiladi.
Mediamaktab qanday tuzilgan
Mediamaktabda ikkita alohida yo'nalishda faoliyat olib boriladi, biroq ulardan birini tanlash kerak:
Jurnalistika
Public Relations
O'tkazilish sanasi:
Mediamaktabda har biri uch kunlik uchta modul asosida o'qitiladi,
ular Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi tog' otelida bo'lib o'tadi.
Mashg'ulotlar 12 kishidan iborat ikki guruhda olib boriladi
1-modul / 31 mart-2 aprel, 2023 yil
2-modul / 27-30 aprel, 2023 yil
3-modul / 25-29 may, 2023 yil
Modullar orasida ishtirokchilar maxsus platformada uyga vazifalarini bajarishadi. Barcha shartlarni bajargan tinglovchilar loyiha so'ngida o'zlari tanlagan soha bo'yicha "Xavfsiz migratsiya. Yoritamiz, o'rgatamiz, ilgari suramiz" Mediamaktabini tugatganlik to'g'risida sertifikat olishadi.
Kim ishtirok eta oladi
Ishtirok etish uchun so'rovnomani to'ldirib, suhbatdan o'tgan va so'rovnomada ko'rsatgan elektron manzilga tasdiq xati olgan jurnalistlar, blogerlar, O'zbekistondagi davlat va nodavlat tashkilotlar matbuot xizmati, PR-xizmat xodimlari.

Ishtirok etish shartlari
Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi ishtirokchilarning Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanigacha va o'zlari yashaydigan shahargacha bo'lgan yo'lkira harajatlari, Mediamaktab davomida ishtirokchilarning yashashi va oziq-ovqat to'lovlarini o'z bo'yniga oladi.

Ishtirokchilar Markazga ish beruvchilari tomonidan xodimlari ko'rsatilgan sanalarda Mediamaktabda ishtirok etishini tasdiqlovchi xat taqdim qilishlari kerak.
Ariza topshirish uchun so'rovnomani to'ldirish, so'ng suhbat sanasi belgilangan xatni kutishingiz, undan keyin qabul hay'atining ishtirokingiz yuzasidan qarori haqida xabar beruvchi xatni olishingiz kerak.

Ijobiy javob olgan ishtirokchilar Markazga 4 kun ichida ish beruvchidan xodimlari uch modul davomida Mediamaktabda ishtirok etishlariga qarshi emasliklarini tasdiqlovchi xatni taqdim etishlari lozim.
Данная публикация стала возможной благодаря помощи американского народа, оказанной через Агентство США по международному развитию (USAID).

Winrock International несет ответственность за содержание публикации, которое не обязательно отражает позицию USAID или Правительства США.