Taktika — hissiyotdan ustun. Auditoriya bilan ishlashning professional strategiyasi.
Mazmuni bir xil ikki jumla, berilgan javobga qarab, mutlaqo turlicha oqibatlarga olib kelishi mumkin. O'ylangan munosabat keskinlikni yumshatadi, hissiyotga berilish esa uni yanada kuchaytiradi.
Munosabat bildirishni xodimning shaxsiy tashabbusi emas, balki tahririyatning qat'iy professional strategiyasiga aylantirish.
Past darajadagi toksiklik (piching, kesatiq) e’tiborsiz qolsa, o‘z-o‘zidan so‘nadi. Munosabat bildirmaslik ham mohiyatan bir harakatdir.
Maqsad — toksik foydalanuvchini fikridan qaytarish emas, balki muloqotdagi hissiy keskinlikni pasaytirishdir.
Agressiv shakl ortida asosli savol yoki matndagi xatolikka ishora mavjud bo'lsa, ushbu usuldan foydalaning.
Muhim: asosli javobni bering va muloqotdan chiqing.
Tahririyat muloqot madaniyatini o‘zi belgilab beradi. Sizning vazminligingiz va xushmuomalaligingiz vaqt o‘tishi bilan auditoriya uchun namunaga aylanadi.
Siz agressiya normal muloqot usuli emasligini o‘z namunangizda ko‘rsatasiz.
Kesatiq va g‘azab tahririyatni muammoning bir qismiga aylantirib qo‘yadi.
Foydalanuvchi qanchalik toksik bo‘lmasin, uning shaxsiyatiga tegish brend nufuziga putur yetkazadi.
Bahsda g‘olib chiqish istagi faqat toksiklik ko‘lamini kengaytiradi.
Toksik izohlarga qarshi betartib reaksiya emas, balki shaffof qoidalar.
U auditoriyani himoya qiladi, tahririyat yuklamasini kamaytiradi va ishonchni shakllantiradi.
Chegaralarni belgilaydi. Foydalanuvchilar nima mumkin va nima mumkin emasligini aniq tushunadilar.
Xatti-harakatlarni tasniflaydi: zararsiz sarkazmdan tortib to to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlargacha.
Tahririyat uchun qo‘llanma. Xaos va moderatorning shaxsiy hissiyotlariga asoslangan qarorlarni istisno qiladi.
Biz buni nima uchun qilyapmiz, degan savolga javob beruvchi poydevor. Bu senzura emas, balki muloqot gigiyenasi.
Ushbu tamoyillarni chatingizning yuqorisiga (pinned message) yoki hamjamiyat qoidalariga joylashtiring.
Moderator qanday yo‘l tutishi kerakligini ko‘rish uchun tugmani bosing:
Vaziyatga tezkor javob berish uchun moderatorda tayyor skriptlar (javob matnlari) bo‘lishi shart.
Inqirozli vaziyatlar uchun qo‘llanma (Critical Path).
Qoidalar sir saqlanmasligi kerak.
Qoidalarning bir qismi ochiq e'lon qilinishi shart (profil tavsifida yoki saytda). Foydalanuvchilar nima uchun bloklanishi mumkinligini bilishlari kerak. Bu "o‘zboshimchalik" haqidagi ayblovlarni kamaytiradi.
Raqamli hujumlar — bugungi kun voqeligi. Himoya tizimi qanchalik mustahkam bo‘lsa, zarar ko‘rish ehtimoli shunchalik kamayadi.
Ushbu darsda: Jurnalistlar va tahririyatlar uchun xavfsizlikning asosiy qoidalari.
Himoya — bu shunchaki munosabat emas, oldindan tuzilgan strategiyadir.
Murakkab, takrorlanmas parollar va parollar menejeri.
Pochta va ijtimoiy tarmoqlar uchun hayotiy zarurat.
Uy manzili va telefon kabi shaxsiy ma’lumotlarni ochiq profillardan o‘chiring.
Rollarni taqsimlash, ma’lumotlarni nusxalash (backup), kirishni nazorat qilish.
Harakatlar rejasi: hujumni kim birinchi aniqlaydi va kim qaror qabul qiladi?
Skrinshotlar, havolalar va vaqt — barchasini shikoyat uchun qayd eting.
Bu shunchaki texnik usullar emas, balki:
Fikr bildirish erkinligi mutlaq huquq emas. U nafrat tili va tahdidlar boshlangan joyda cheklanadi.
Agressiyaga agressiya bilan javob bermang. Moderator nizoni yumshatadi, unda g‘olib bo‘lishga urinmaydi.
Chora qoidabuzarlik darajasiga mos bo‘lishi kerak: odobli javobdan tortib, butunlay bloklashgacha.
Qoidalar tushunarli bo‘lishi shart. Agar izoh o‘chirilsa, foydalanuvchiga sababini tushuntiring.
Siz raqamli muhitda moderatorlik qilishning YXHT, YuNESKO va BMT tomonidan belgilangan etika standartlarini o‘rgandingiz.
Siz — navbatchi muharrirsiz. Qarshingizda shunchaki alohida izohlar emas, balki bir-biriga bog'liq voqealar silsilasi turibdi. Vazifangiz — vaziyatni nazorat ostida ushlab turish.
Laboratoriya ishi
A: «Siz nima yozayotganingizni o‘zi tushunyapsizmi? Bu shunchaki safsata!»
D: «Seni topamiz. O‘zingga ehtiyot bo‘l»
Haftasiga 3 marta qoidani buzdi. Qanday chora ko'rasiz?
Dastlabki 5 daqiqadagi ustuvor harakatlar (3 ta tanlang):
(Shablon matni bu yerda ko'rinadi)